AsosiyDunyo

Fransiyada tennis to`pi hajmidagi do`l yog`di

'Fransiyada tennis to`pi hajmidagi do`l yog`di'ning rasmi

Fransiyaning Overn-Rona-Alp hududida momaqaldiroq paytida tennis to`pidek keladigan do`l yog`di. TASSning xabar berishicha, hududning turli shaharlaridagi tabiiy hodisa aks etgan yozuvlar yakshanba kuni fransuz internet foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan.

Luareda olingan tasvir barcha mahalliy axborot vositalarida namoyish etildi. 9 soniyalik videoda uy hovuzida suvning yuzasiga tez-tez do`l donalari tushayotgani aks etgan.

Keraunos meteorologiya xizmati chaqmoqlar soni bo`yicha shanba kuni rekord natija qayd etilganini ma`lum qilgan. 6 iyulda 73,7 mingta elektr zarbalari asosan Overn-Rona-Alpda qayd etildi.

Mamlakatning 20 dan ziyod hududlarida olovrang darajadagi ob-havo xavfi haqida e`lon qilingandi. Jabrlanganlar haqida ma`lumot berilmagan.

Hozirgi vaqtda Fransiyada momaqaldiroqlar kuzatilmayapti, yuqori xavflilik darajasi esa bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar