AsosiyJamiyat

Mudofaa vaziri o`rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida o`tkaziladi

'Mudofaa vaziri o`rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko`ra, vazir o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 9—14 iyul kunlari Markaziy harbiy okrug hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o`tkazadi.

Sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari xamda harbiy pensionerlar, fuqarolarning muammolari, talab, taklif va ehtiyojlarini o`rganish, ularga amaliy ko`mak berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sayyor qabullar soat 10.00 dan 16.00ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o`tkaziladi:

9 iyul kuni – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi viloyat Yoshlar markazida;

10 iyul kuni – Jizzax viloyati Jizzax shaharidagi viloyat Yoshlar markazida;

11—12 iyul kunlari – Navoiy viloyati Navoiy shahridagi viloyat Yoshlar markazi hamda Zarafshon va Uchquduq shaharlarida.

Shuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat tashkilotlari mansabdor shaxslari ham jalb etiladi.

Eslatib o`tamiz, shu kunga qadar mudofaa vazirining o`rinbosari boshchiligida Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro hamda Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlarida o`tkazilgan sayyor qabul vaqtida mingdan ziyod murojaat ko`rib chiqilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar