AsosiyJamiyat

“Jangovar mashinalar biatloni – 2019”: BTR va BMP haydash bo`yicha g`olib jamoalar nomi ma`lum (Video)

'“Jangovar mashinalar biatloni – 2019”: BTR va BMP haydash bo`yicha g`olib jamoalar nomi ma`lum (Video)'ning rasmi

Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” poligonida Mudofaa vazirligi qo`shinlarida “Jangovar mashinalar biatloni – 2019” musobaqasining final bosqichi o`tkazilmoqda.

“Xalqaro armiya o`yinlari maydoni”da o`tkazilayotgan musobaqaning dastlabki kunida BTR-70 jangovar mashinalari ekipajlari birinchilik sari o`zaro kurash olib bordi.

Shimoliy-g`arbiy, Toshkent va Sharqiy harbiy okruglarning BTR-70 ekipaj jamoalari o`z mahoratlarini namoyish etdi. Har bir jamoa musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko`rgan. Bu ularning biri-biridan murakkab to`siqlarni zabt etishidan yaqqol namoyon bo`lmoqda. Har bir to`siq zamonaviy kameralar bilan jihozlangani hakamlar hay`ati uchun musobaqani onlayn tarzda kuzatib borish, musobaqani xolisona baholash imkonini bermoqda.

Shunday qilib BTR-70 jangovar mashinalar bellashuvida Markaziy harbiy okrug birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rin Toshkent harbiy okrugi jamoasiga nasib etgan bo`lsa, Qurolli Kuchlar akademiyasi 3-o`ringa loyiq deb topildi.

Musboqaning ikkinchi kunida BMP jangovar mashinalari o`zaro kurash olib bordi. Yakka tartibda harakatlangan texnikalar har bir shartni muvaffaqqiyatli bajarishga, har bir daqiqiqadan unumli foydalanishga harakat qildi. Ushbu yo`nalishda Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi 1-o`rinni, Janubi-g`arbiy maxsus harbiy ourug jamoasi esa uchinchi o`rinni egalladi. Ertaga esa BMD ekipajlari o`z mahoratlarini namoyish etadi.

Mudofaa vazirligi miqiyosida o`tkazilayotgan mazkur musobaqa 7 iyulga qadar davom etadi. G`olib va sovrindorlarga Mudofaa vazirligi tomonidan qimmatbaho sovg`alar, malaka toifani bir pog`ona ko`tarish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan engil avtomobillar sotib olishga imtiyozli kreditlar ajratish belgilangan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti


Boshqa yangiliklar