AsosiyJamiyat

Samarqandliklar g`alla sotish shartnomaviy rejasini bajarishdi

'Samarqandliklar g`alla sotish shartnomaviy rejasini bajarishdi'ning rasmi

Samarqand viloyati g`allakorlari davlat ehtiyojlariga tovar don sotish shartnomoviy rejasini ortig`i bilan bajardi. Bu g`aqda Qishloq xo`jalik matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyatning davlat ehtiyojlariga don sotish shartnomoviy rejasi 301,1 ming tonnani tashkil etib, amalda 100,2 foizdan oshirib bajarildi. Xususan, Ishtixon, Kattaqo`rg`on, Nurobod va Samarqand tumanlari 108-128 foiz, Narpay, Pastdarg`om va Paxtachi tumanlari 101-105 foiz qilib reja ortig`i bilan bajarildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 sentyabrdagi “2019 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don etishtirishning prognoz hajmlari to`g`risida”gi qarorini ijrosini ta`minlash maqsadida hududda joriy yil hosili uchun 103,9 ming gektar suvli va 49 ming gektar lalmi maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlari amalga oshirilgan.

Kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlashda agrotexnik tadbirlarni o`z vaqtida amalga oshirilganligi, “zang” kasalligiga, zararkunandalar va begona o`tlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar tizimli ravishda o`tkazildi.

Mavsumda olib borilgan bu kabi sa`y-hararkatlarni sifatli amalga oshrishda omilkor dehqon va fermerlarning ko`rsatgan jonbozligi muhim ahamiyat kasb etdi.

Joriy yilda Samarqand viloyatida suvli maydonlarda yalpi don ishlab chiqarish 569,3 ming tonna yoki har gektaridan 55 sentnerdan don ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Viloyatda doni yig`ishtirib olinmagan g`allazorlarda o`rim-yig`im qizg`in davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar