AsosiyDunyo

Nursulton Nazarboevning nevarasi Londonda polisiyachini tishlab oldi

'Nursulton Nazarboevning nevarasi Londonda polisiyachini tishlab oldi'ning rasmi

Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevning nevarasi Aysultan Buyuk Britaniyada polisiyachini tishlab oldi.

Ta`kidlanishicha, konstebl Ross Sembuk yigitning o`z joniga qasd qilishiga yo`l qo`ymagan. Polisiya kichik Nazarboevni begona kvartirada payqab qolib, qo`lga olishga uringan.

Hozirda Aysultan Nazarboevga nisbatan polisiyachiga tan jarohat etkazish fakti bo`yicha ish qo`zg`atilgan bo`lib, u Sautuark qirollik sudi tomonidan ko`rib chiqilmoqda.

Aysultanning do`stlaridan biri voqea aslida boshqacha ko`rinishda sodir bo`lganini ma`lum qilgan. U kafeda Aysultan bilan o`tirganida, yaxshi ko`rgan qizi qo`ng`iroq qilib, uyining eshigi yopilib qolganini aytgan. Taksi yordamida voqea joyiga etib borgan yigitlar eshik qulfini buzishning imkoni yo`qligi bilib, uchinchi qavatdagi kvartiraga oyna orqali kirishga harakat qilishgan. Aysultanning balkon orqali kvartiraga kirayotganini ko`rgan qo`shnilar uni o`g`ri deb o`ylab polisiya chaqirgan.

Zudlik bilan etib kelgan polisiyachilar yigitlarning hech bir gapiga e`tibor qaratmasdan, ularning qo`lini kishanlay boshlagan. Ulardan biri Aysultanning tomog`idan buqqan. Aysultan esa bug`ilib qolmaslik uchun polisiyachini tishlagan. Shundan so`ng yigitga nisbatan elektroshoker ishlatishib, uni idoraga olib ketishgan.

Hozircha sodir bo`lgan voqeani Qozog`iston ham, Britaniya ham rasman tasdiqlagani yo`q.

Aysultan — Qozog`istonning birinchi prezidentining qizi Darig`aning to`ng`ich o`g`li. Hozirda u mamlakat Senati raisi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar