AsosiyDunyo

Yaponiyada daryolar qirg`og`idan toshdi (Video)

'Yaponiyada daryolar qirg`og`idan toshdi (Video)'ning rasmi

O`tgan hafta juma kunidan buyon kuzatilayotgan tinimsiz yog`ingarchilik natijasida Yaponiyadagi daryolar qirg`oqlaridan toshib chiqdi. Ko`plab shahar ko`chalari suv ostida qolishi natijasida transport qatnovlari to`xtab qoldi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Yaponiya janubi- g`arbida joylashgan Kyusyu orolining 1,24 mln nafar aholisi zudlik bilan evakuasiya qilinmoqda. Bunga esa hududda kuzatilayotgan tinimsiz yog`ingarchilik natijasida ko`chki va toshqinlar yuz berish xavfining vujudga kelishi sabab bo`lmoqda. Tabiiy ofat oqibatida Kagosima shahrida qariya ayolning halok bo`lgani aytilmoqda.

Vujudga kelgan vaziyat sabab Yaponiya hukumati bosh vazir Sindzo Abe boshchiligida favqulodda shtab tashkil etdi. Biz odamlar hayotini saqlab qolish uchun tezkor evakuasiya ishlarini amalga oshirmoqdamiz. Xavf hududiga 14 ming nafar harbiylarni jo`natish masalasini ko`rib chiqmoqdamiz, deya ta`kidladi Abe. Meteorologlar Kyusyuga yana 35 sm ga qadar yog`in yog`ishini ta`kidlashmoqda.

Boshqa yangiliklar