AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi qo`shinlarida "Jangovar mashinalar biatloni – 2019" musobaqasining final bosqichiga start berildi

'Mudofaa vazirligi qo`shinlarida "Jangovar mashinalar biatloni – 2019" musobaqasining final bosqichiga start berildi'ning rasmi

4 iyul kuni Jizzax viloyatida joylashgan "Forish" tog`poligonida zamonaviy uslubda barpo etilgan “Xalqaro armiya o`yinlari maydoni”da musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Ta`kidlashjoizki, mazkur maydon xalqaro standartlarga to`liq javob berishi bilan ahamiyatli. BTR-70, BMD va BMP jangovar mashinalar ekipajidan iborat 12 ta jamoa ushbu maydonda suvli to`siq, yo`lakli ko`prik, manyovr qilish hududi, balandligi 6-7 metr bo`lgan qo`rg`on, tankka qarshi handaqlar, portlovchi mina to`siqlari, qiyali tepaliklardan o`tishadi hamda 800 metr masofada paydo bo`luvchi nishonlarni mo`ljalga olish shartlarni bajaradi.

Ochilish marosimidan so`ng,dastalab BTR-70 jangovar mashinalari kipajlari birinchilik sari o`zaro kurash olib bordi. Bugunning o`zida Shimoliy-g`arbiy, Toshkentva Sharqiy harbiy okruglarning BTR-70 ekipaj jamoalari o`z mahoratlarini namoyish etdi.

Toshkent harbiy okrugi jamoasi 6 kilometr masofad ajoylashgan barcha shartlarni 12:20 daqiqada bajarib, eng yaxshi natijani qayd etdi.Hali oldinda yanaBTR-70, BMD va BMP ekipajlari jamoalari musobaqaga kirishadi.

Mudofaa vazirligi miqiyosid ao`tkazilayotgan mazkur musobaqa 7 iyulga qadar davom etadi. G`olib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg`alar, malaka toifani bir pog`ona ko`tarish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan engil avtomobillar sotib olishga imtiyozli kreditlar ajratish belgilangan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar