AsosiyJamiyat

MIB direktori Qoraqalpog`istonda sayyor qabul o`tkazdi

'MIB direktori Qoraqalpog`istonda sayyor qabul o`tkazdi'ning rasmi

Avval, ommaviy axborot vositalarida xabar berilganidek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo`jaev, Byuroning To`rtko`l tuman bo`limi binosida Qoraqalpog`iston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari uchun sayyor qabul o`tkazdi.

Tadbir davomida, aholi tomonidan o`zlarini qinayotgan muammolar, taklif va mulohazalar tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi. Murojaatlar asosan, sud hujjatlarining ijrosini ta`minlash, aliment nafaqalarini undirish, energiya resurslari va suv ta`minoti hamda boshqa masalalarga oid bo`ldi.

Qabul davomida jami 12 ta murojaat kelib tushib, ularning 2 tasi joyida hal qilininib, fuqarolar murojaatlari qanoatlantirildi.Misol uchun, fuqaro M.Karimovaning tabiiy gaz to`lovi uchun murojaati ijobiy hal qilindi.

    Boshqa yangiliklar