Joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 12:30 larda Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. “Spark” rusumidagi avtomobili bilan “Bo`zsuv” kanaliga tushib ketgan.
Hodisaga aniqlik kiritilganda, fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida to`satdan hushidan ketadi. Natijada, 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo`lgan “Bo`zsuv” kanaliga qulaydi. Mashina suvga to`lgandan so`ng N.I. darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq bo`lgan.

Mazkur hodisa yuzasidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib kelib, mashinani kanaldan chiqarib olishdi. Bu haqida fuqaro N.I. o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ko`rsatilgan yordam uchun vazirlik vakillariga minnatdorlik bildirgan.






