AsosiyDunyo

Iyun oyi sayyoramizdagi eng issiq mavsum sifatida qayd etildi (Video)

'Iyun oyi sayyoramizdagi eng issiq mavsum sifatida qayd etildi (Video) 'ning rasmi

2019 yilning iyunm oyi meteo kuzatuvlar tarixi davomida sayyoramizdagi eng issiq mavsum sifatida qayd etildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Bu haqda sun`iy yo`ldoshlardan olingan ma`lumotlar asosida Er ekologiyasi va iqlimini monitoring qilib boruvchi “Kopernik” dasturi rahbariyati ma`lum qildi. Iyun oyidagi o`rtacha harorat 2016 yilgi rekord ko`rsatkichdan 0,1 gradusga ortiq bo`ldi. Ayniqsa anomal jazirama Evropada kuzatildi. Bu erda ko`rsatkichlar normadan ikki darajaga ortdi. O`tgan haftada Germaniya, Ispaniya va Italiyaning shimoliy qismlarida havo harorati rekord darajada isib ketishi kuzatildi.

Fransiyada esa mutloq rekord ko`rsatkich qayd etildi. Bu erda havo harorati soya joyda 45,9 darajaga qadar ko`tarildi. “Kopernik” dasturi mutaxassislari o`tgan va undan oldingi asr meteoma`lumotlarni va sun`iy yo`ldoshlardan olingan yangi ma`lumotlarni o`rganib chiqishdi. Natijada iyun oyida Evropada o`rtacha harorat 1850-1900 yillardagi o`rtacha haroratga nisbatan uch daraja yuqori bo`lgan, degan xulosaga kelishdi. Mutaxassislar yoz mavsumida haroratning yanada ko`tarilishi va qurg`oqchilik kuzatilishi mumkinligini istisno etishmayapti.


Boshqa yangiliklar