AsosiyJamiyat

Harbiy qism va tibbiyot muassasalariga 14 ta tibbiy yordam mashinalari topshirildi

'Harbiy qism va tibbiyot muassasalariga 14 ta tibbiy yordam mashinalari topshirildi'ning rasmi

Bugun Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va tibbiyot muassasalariga tez tibbiy yordam ko`rsatuvchi xizmat avtomashinalari topshirildi.

Zamonaviy va qulay “Damas” rusumli mazkur avtomashinlar harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolariga, nafaqadagi faxriylarga tez tibbiy yordam ko`rsatishda asosiy vosita hisoblanadi.

Qurolli Kuchlar akademiyasida bo`lib o`tgan tantanali marosimda Mudofaa vazirining o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etdi. O`n to`rtta tibbiy xizmat avtomashinlari hududlar bo`yicha taqsimlanib, o`z manziliga kuzatildi.

“Mudofaa vazirligiga topshirilgan tibbiy xizmat mashinalaridan to`rttasi Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlari qo`mondonligiga qarashli harbiy qism va muassasalarga berildi. Bunday imkoniyat yurt posbonlarini ijtimoiy himoya qilish, ularga sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish darajasini oshiradi”, – deydi HHMQ va HHK tibbiy ta`minot boshlig`i, tibbiy xizmat podpolkovnigi Baxtiyor Qosimov.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar