AsosiyJamiyat

“Haj” va “Umra” ziyoratiga boruvchilar uchun tibbiy ko`rik yanada engillashtirildi

'“Haj” va “Umra” ziyoratiga boruvchilar uchun tibbiy ko`rik yanada engillashtirildi'ning rasmi

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qaroriga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarida, murakkab va ziddiyatli holatlarda markaziy poliklinikalardan birida bepul tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

Ilgari tibbiy ko`rikning barcha bosqichlari faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkent shahrida markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar