AsosiyJamiyat

Mudofaa vaziri o`rinbosarining tashrifidan so`ng Surxondaryodagi harbiy qismda nimalar o`zgardi?

'Mudofaa vaziri o`rinbosarining tashrifidan so`ng Surxondaryodagi harbiy qismda nimalar o`zgardi?'ning rasmi

Bundan bir oy avval Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi sayyor qabul guruhi Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugning Surxondaryo viloyati, "Kakaydi qo`rg`oni"da joylashgan harbiy qismga tashrif buyurgan edi.

Mudofaa vazirining o`rinbosari harbiy qismdagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanisharkan, harbiy qismning zamonaviy qiyofaga keltirish, harbiy shaharchada yashayotgan harbiy oilalarning farovon turmush darajasini oshirish, uy bekalariga qo`shimcha ish o`rinlari yaratib berish va boshqa muhim masalalar yuzasidan qator vazifalar qo`ygan edi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamentining bir guruh ijodiy xodimlari mazkur harbiy qismda jadal amalga oshirilayotgan ishlarni ko`rib, qo`yilgan vazifalarning a`lo darajada bajarilayotganiga amin bo`ldi.

Xususan, harbiy qismga o`zgacha ko`rk qo`shadigan landshaftli bezaklar, turli xil subtropik o`simliklarni ekish ishlari avjida.

Go`zallik saloni, oziq-ovqat do`koni, tikuvchilik sexi kabi xizmat ko`rsatish shoxobchalarining ishboshlagani harbiy xizmatchilarning oila a`zolari uchun ayni muddao bo`ldi.

– Bu tikuv sexi faoliyatini boshlaganiga hali o`n kun ham bo`lmadi, – deydi harbiy xizmatchining rafiqasi Dildora Boymurodova. – Harbiy shaharchamizda yashovchi besh nafar uy bekasini tikuvchilikka jalb etdim. Asosan harbiy kiyimlar tikamiz. Ular qisqa muddatda bir nechta buyurtmalar qabul qilib, kiyimlarni tayyor holatda buyurtmachilarga topshirishadi. Avgust oyida olti dona zamonaviy tikuv mashinasi xarid qilamiz.

Harbiy qismda harbiy xizmatchilarning farzandlari yozgi ta`tilni unumli o`tkazishlari uchun informatika, adabiyot, matematika kabi fanlar hamda turli sport to`garaklari tashkil etilgan.

Eslatib o`tamiz, ushbu harbiy qism okrug miqyosida o`tkazilgan eng namunali harbiy qism ko`rik-tanlovida faxrli ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan edi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar