Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim Telegram kanallarda bir necha kishi o`g`rilikda gumonlanayotgan shaxslarni «samosud» qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu hodisa Toshkent shahridagi Qo`yliq bozorida sodir bo`lgan.
«Yana bir samosud. Qo`yliq bozorida erkaklar o`zganing mashinasini ochgan o`g`rilarni ushlab oldi. Xalq o`g`rilarni voqea joyida ushlagan va kaltaklagan», — deydi foydalanuvchilardan biri.
Huquq-tartibot organlari hozircha mazkur hodisa bo`yicha izoh bermagan. Mazkur holat videosi qachon olingani ham noma`lum.






