Joriy yilning 18 iyul kuni “2019-2023 yillarda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo`lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori chiqqan edi.
Ushbu qaror ijrosi bo`yicha 1-4 iyul kunlari O`zbekiston Milliy universiteti rektori boshchiligidagi delegasiya Isroilda bo`lib turibdi.
Delegasiya tashrifidan ko`zlangan maqsad Milliy universitet va Xolon instituti doirasida strategik hamkorlik dasturini muhokama qilish va kelishuvga erishishdir.
Isroillik hamkorlarimiz ham Prezidentimiz tomonidan imzolangan qaror bilan yaqindan tanish ekanligini ushbu qarorning ruscha va yahudiy tiliga o`girilgan varianti ularda bor ekanligi bilan izohlash mumkin.

– Sizlarga havasim keladi. Prezidentingiz universitetingizga kelib, ilm ahli uchun ijobiy ishlarni amalga oshirish yuzasidan qaror imzoladi. O`ylashimcha, bu – juda katta tarixiy voqea, – deydi Xolon instituti direktori Eduard Yakubov.
O`zaro hamkorligi doirasida:
– O`zMU fakultetlarida sifatli kadrlar tayyorlaydigan xorijlik va o`zbek olimlaridan iborat jamoa shakllantirish;
– universitet fakultetlarini davlat iqtisodiyotida muhim rol o`ynaydigan ob`ektga aylantirish;
– O`zbek-Isriol ishlab chiqarish ob`ektlarini universitetga jalb etish, mablag`larni davlat granti proektlaridan emas, balki ishlab chiqarishdan olish;

Xalqaro aloqalarni yo`lga qo`yish, tizimli ravishda O`zbekistonning hamma hududlarida mutaxassisliklar bo`yicha xalqaro konferensiyalar o`tkazish,
– Xalqaro arenada o`zbek olimlarining obro`sini oshirish va ilmiy platformalarda xalqaro jurnallarning formatiga mos ravishda ilmiy loyihalarini taqdim qilish bo`yicha tajriba almashishga imkon yaratish;
– talabalarning kichik loyihalarini to`liq ishlab chiqarishga yo`naltirish;
– ilmiy laboratoriyalarni takomillashtirish, “sun`iy ong” laboratoriyalarini tashkil etish va ularni ishlab chiqarishga keng jalb etishdan iborat.
Xalq bilimini oshirib borish loyihalari imzolandi. Bu loyihada katta yoshli insonlarni qisqa vaqt ichida kurslarda boshqa kasbga yo`naltirish, pirovard natijada ularni jamiyatdan chetda qolmasliklariga yordam berish, zamonaviy texnologiyalarga yaqinlashtirishdan tashkil topadi.

Bundan asosiy maqsad universitetni xalq bilan, maksimal darajada ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirish va intellektual mulkni mablag`ga aylantirishdir.
Bugun O`zbek-Isroil qo`shma fakultetiga qabul jarayoni davom etmoqda. Tashrif doirasida qabul va imtihon jarayonlari, qabul kvotasi, ta`lim sifati masalalari bo`yicha ham muzokaralar olib borilyapti.






