Buni amalga oshirish juda oddiy. Ya`ni fuqaro Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jamg`arib boriladigan pensiya ishtirokchisi sifatida tizimdan ro`yxatdan o`tishi imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, endilikda Siz Xalq bankining rasmiy veb-sayti – xb.uz orqali jamg`arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinganligingiz to`g`risida hamda mablag`lar harakati bo`yicha ma`lumotnoma olishingiz mumkin.
Ushbu ma`lumotnoma sizni jamg`arib boriladigan pensiya tizim ishtirokchisi ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.






