Kecha, 30 iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Harbiy o`quv fakulteti (Harbiy kafedra) kursantlarining Harbiy qasamyod qabul qilish marosimi bo`lib o`tdi.
Tantanalimarosimdauniversitet rektori Sadriddin Turobjonov, Mudofaa vazirligi kadrlar tayyorlash bosh boshqarmasi mas`ul ofiserlari kursantlarni Qurolli Kuchlar safiga kirishlari munosabati bilan qutladi.

Shuningdek,tadbirdaMudofaa vazirligi harbiy orkestri ham ishtirok etib, o`zining chiqishlari bilan yig`ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Har yili Toshkent davlat texnika universitetining Harbiy o`quv fakulteti 3-kurs kursantlari Qurolli Kuchlar safiga kirish oldidan o`z xizmat burchlarini sadoqat bilan ado etish to`g`risida qasamyod qilishadi. Bu yilgi marosim har galgidan ko`tarinki kayfiyatda bo`lib o`tdi. Tadbirg atashrif buyurgan ota-onalarning ham quvonchlari bisyor.

“Qalbim faxrga to`lib, g`ururlanib turibman. Saf tortib turgan norg`ul yigitlar orasida mening ham farzandim borligi ko`ksimni iftixorga to`ldirmoqda. Qarang, harbiy libos farzandlarimizga yanada ko`rk, salobat baxsh etibdi. Harbiy qasamyod qabul qilgan o`g`limning ahdiga sodiq qolishiga, Vatan oldidagi burchini namunali o`tab, yuzimizni yorug` qilishiga ishonaman”, —deydi kursant onasi Zamira Ro`zieva.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






