AsosiyJamiyat

CAREC : “Yaxshi qo`shnilar. Yaxshi hamkorlar. Yaxshi istiqbollar”

'CAREC : “Yaxshi qo`shnilar. Yaxshi hamkorlar. Yaxshi istiqbollar”'ning rasmi

Joriy yilning 28 iyun kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (MOMIH / SARES / CAREC) Maslahat kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Asosiy mavzu – MOMIH institutining unga a`zo mamlakatlar o`rtasida iqlim o`zgarishi masalalari borasidagi dasturlarni moliyalashtirish masalalari hamda global yashil tashabbuslar bilan o`zaro hamkorligini takomillashtirish.

Yig`ilish doirasida iqlim o`zgarishi oqibatlarini yumshatishga barvaqt kiritiladigan va keng qamrovli investisiyalarning asosliligi hamda ularning moslashuvchanligi masalalari muhokama etildi, ushbu masalalar jamiyat manfaatlari yo`lida kelgusi xarajatlarni kamaytirishning eng samarali usuli sifatida ko`rib chiqilmoqda. Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, iqlim o`zgarishi qishloq xo`jaligi, iqtisod va kishilar hayotining boshqa muhim sohalariga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda.

Toshkent shahrida o`tkazilgan yig`ilishda MOMIH instituti rahbariyati, Turkmaniston, Mo`g`uliston, Pokiston va O`zbekistondan besh nafar ko`zga ko`ringan ekspertlar, Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB), Qozog`iston Nazarboev universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining Tinch okeani taraqqiyot moliya instituti, Belgiyadagi Osiyo tadqiqotlari Evropa institutidan maxsus mehmonlar hamda Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) vakillari qatnashishdi.

Yig`ilishdan oldin MOMIH instituti direktori Bayaraa Sanjaasuren va uning o`rinbosari Iskandar Abdullaev O`zbekiston OAV vakillari bilan uchrashib o`zaro hamkorlikni kuchaytirish borasida qilinadigan ishlar xususida so`z yuritishdi.

«Iqlim o`zgarishi ko`plab sohalarga ta`sir etmoqda»

«Iqlim o`zgarishi energetika, suv ta`minoti, qishloq xo`jaligi kabiko`plab sohalarga o`z ta`sirini o`tkazishi ma`lum. Maslahat kengashi o`z imkoniyatlaridan foydalanishni, a`zo mamlakatlar rejalarini birlashtirish, ilmiy izlanishlar va ma`lumotlar natijalarini butun mintaqaga yo`naltirishni MOMIH institutiga tavsiya qildi, – deydi MOMIH instituti direktoriBayaraa Sanjaasuren. – Bu hududlardagi ilmiy izlanishlar natijalarini yuqori darajada ta`minlashga, natijada iqlim o`zgarishlari natijalari haqidagi ma`lumotlarni har bir loyihaga kiritishga yordam beradi.

«Rivojlanishning asosiy sharti – mamlakatlararo hamkorlik»

«MOMIH -2019 dasturiga bu yil O`zbekiston mezbonlik qiladi, – deydi MOMIH instituti direktori o`rinbosari Iskandar Abdullaev. – Bu juda muhim. Birinchidan, mamalakatda keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda, ikkinchidan O`zbekiston o`z oldiga mintaqada integrasiyani maqsad qilib qo`ygan. Ushbu institut iqtisod, moliya, infrastruktura, turizm kabi jabhalarni o`zida qamrab olgan. Institut ilmiy tomonlama integrasiyani ta`minlash bilan shug`ullanadi. O`zbekiston bugungi kunda rivojlanish yo`lidan ketayapti, rivojlanishning asosiy sharti esa mamlakatlararo hamkorlik hisoblanadi. Demak yangi aloqalar, qoidalar, to`g`ri tashkillashtirilgan infrastrukturalar kerak. Bizning institut aynan shu jarayonga ko`mak beradi.

CAREC qanday tashkilot?

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (CAREC) ma`lumotlarni shakllantirish va almashish orqali Markaziy Osiyoda va Buyuk Ipak Yo`li mamlakatlarida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga bag`ishlangan hukumatlararo tashkilot.

Institut qarorgohi Xitoyning Sinszyan-Uyg`ur avtonom viloyatining Urumchi shahrida joylashgan.

MOMIH instituti Afg`oniston, Ozarbayjon, Xitoy, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Mo`g`iliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekistonning o`n bir a`zosi tomonidan boshqariladi.

11 a`zo mamlakat hamkorlikda fodalanadigan institut

Bilimlarni rivojlantirish instrumentiga asoslangan MOMIH dasturi “Yaxshi qo`shnilar. Yaxshi hamkorlar. Yaxshi istiqbollar” tamoyiliga asoslanib, barqaror iqtisodiy o`sish va mintaqada umumiy farovonlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan natijalar va startegik tashabbuslarni, mintaqaviy loyihalarni qo`llab-quvvvatlaydigan o`rganish vositasidir.

MOMIH instituti o`n bir a`zo mamlakatlarga tegishli bo`lib, ular tomonidan hamkorlikda foydalaniladi: Afg`oniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog`iston, XXR, Qirg`iziston, Mo`g`uliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda O`zbekiston.

Institut beshta klasterni o`zaro bog`lovchi markaz tariqasida faoliyat yuritadi:

•Iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik;

•savdo, turizm va iqtisodiy koridorlar;

•infratuzilma va iqtisodiy bog`liqlik;

•qishloq xo`jaligi va suv resurslari;

•insoniyat taraqqiyoti.

Toshkentda bo`lib o`tgan davra suhbatida iqlim o`zgarishi oqibatlarini yumshatish hamda keng ko`lamli investisiyalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi masalasi muhkama qilindi. Bu esa kelgusida xarajatarni jamiyat manfaatlari yo`lida kamaytirishning eng samarali usulidir.

Dilfuza SOBIROVA

    Boshqa yangiliklar