O`zbekiston fermerlari va klasterlarini zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalari va traktorlari bilan ta`minlash hamda eksport miqdorini yanada oshirish maqsadida «O`zagrotexsanoatxolding» AJ, Belarusning «MTZ» OAJ bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida 2019 yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshiradi.
Unga ko`ra iyun va avgust oylaridaTTZ-811 rusumli traktordan 1000 ta, yangi model, 4 g`ildirakli TTZ-812 dan esa 500 ta ishlab chiqariladi. Qolaversa «Toshkent Qishloq Xo`jaligi Texnikasi Zavodi» AJ da dunyoga mashhur John deer brendi ostidagi zamonaviy traktorlardan 200 ta ishlab chiqariladi. Hozirda shu va boshqa rusumli zamonaviy traktorlar uchun buyurtmalar qabuli boshlangan.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tamiz, bu yil «O`zagrotexsanoatxolding» AJ qoshida «Agro texnika lizing» MChJ ham tashkil qilingan bo`lib, yurtimiz fermerlari va klasterlari jamiyat tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalari, maxsus texnikalar hamda traktorlarniimtiyozli lizing asosida xarid qilishlari mumkin. Hozirda quyidagi texnikalar etkazib berish uchun omborxonalarda mavjudligini ma`lum qilamiz:
I 38150 ta
U62200 ta
LS100 100 ta
New Holland TD5 100 ta
New Holland 6070 50 ta
Tirkama200 ta
Boshqa osma texnikalar 300 ta
Ma`lumot uchun telefon: +998 97 588-00-00
+998 71 212-66-31
Ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshirilishi o`z-o`zidan «O`zagrotexsanoatxolding» AJning ikkinchi yarim yillik uchun o`z oldiga qo`yilgan eksport rejasini to`liq amalga oshirishni maqsad qilganligi bilan ham bog`liq. Ahamiyatlisi «O`zagrotexsanoatxolding» AJ tizim korxonalari 2019 yilning birinchi yarmi uchun o`z oldiga qo`ygan eksport rejasini 109 % ga bajardi. Eksportning asosiy qismini traktorlar, kombaynlar, zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalari hamda maxsus texnikalar tashkil qiladi. Eksport salohiyatini oshirish haqida gap ketganda O`zbekiston Respublikasining Tojikistondagi elchixonasi ko`magida «O`zagrotexsanoatxolding» AJ hamda «Orientbank» OAJ hamkorligida 2019 yilning fevral oyida «Orion-Uzagro» qo`shma ishlab chiqarish korxonasi va korxona qoshida maxsus «showroom» tashkil qilinganligi va u yurtimizda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni keng targ`ib qilishga xizmat qilayotganligini ham alohida ta`kidlash lozim.






