O`zbekiston-Fransiya snayperlari hamkorlikdagi mashg`ulotlar yakunida Fransiya Qurolli Kuchlar vazirligining O`zbekistondagi harbiy attashesi podpolkovnik Jan-Mari Xoltsinger O`zbekistonda ikki yildan buyon o`tkazilayotgan “Snayper kundaligi” dasturi va mazkur sohaning istiqboli haqidagi o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.
- Dunyo xaritasiga qaraydigan bo`lsak, O`zbekiston Afg`oniston bilan chegaradosh. Ushbu davlatning shimoliga to`g`ri keladigan ayrim hududlarda terrorchi kuchlar harakatlari kuzatilyapti. Shuning uchun O`zbekiston Qurolli Kuchlari har doim terrorizmga qarshi kurashishga qobiliyatli bo`lishi kerak, nafaqat O`zbekiston uchun, balki butun dunyo uchun, – deydi harbiy attashe podpolkovnik Jan-Mari Xoltsinger. – O`zbekistonda ikki yildan buyon “Snayper kundaligi” dasturi bo`yicha hamkorlikda mashg`ulotlar olib borilmoqda. Jami 24 nafar qatnashchidan 8 nafari uchinchi bosqichga muvaffaqiyatli o`tdi. Bu normal holat. Ular uchinchi bosqichdan so`ng snayper tayyorlash bo`yicha O`zbek armiyasining ilk yo`riqchilari bo`ladi. Yaqin kelajakda snayper sohasida O`zbekiston butunlay mustaqil bo`ladi. Mazkur mashg`ulotni tashkil etish bo`yicha xorij legionlarida, jangovar harakatlarda qatnashgan ilg`or mutaxassislarni jalb qilganmiz. Biz boshqa mutaxassislik bo`yicha ham Mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik qilishni maqsad qilganmiz. Men yana bir bora xorij legion vakillariga tashakkur bildirmoqchiman.
Ushbu hamkorlikdagi mashg`ulotlarda yangilik sifatida ikki kishilik snayper guruhlar (hozirga qadar o`zbek armiyasida bir snayper harakatini kuzatish mumkin) harakati, ko`rinishi yomon bo`lgan sharoitda avtomobil, bino ortidan hujumga o`tish, hattoki ob`ektga yaqinlashib, yaqin masofadan pistoletdan otish mashqlarini bajarish kabi amallarni kuzatish mumkin.
Bundan tashqari, otilgan o`qqa ta`sir etuvchi shamol, havo harorati, porox zaryadining zijligi va nishongacha bo`lgan masofani aniqlash kabi (omillar) masalalar yangi formulalar asosida(odatda bizda eskicha formulalar mavjud, yangichasi zarar qilmaydi) hisoblangan.
Shunday qilib, Markaziy harbiy okrugidagi “Forish” tog` poligonida Fransiya Qurolli Kuchlarini elita(maxsus vazifalarni bajaruvchi) 13 yarim brigadasining harbiy xizmatchilari kapitan Jan-Gama Toer, katta serjant Lasha Sulakauri hamda Miksil Kokashvili tomonidan o`zbek snayperlariga 2019 yil hisobidan ikkinchi bosqich tayyorgarlik sinovlari o`z yakuniga etdi.
“Snayper kundaligi” dan o`qiganlarim: Snayper ko`zlari bilan o`ylaydi. Ko`z merganni asosiy ish organi. Uni asrab-avaylash lozim. Har qanday optika(kuzatuv moslamasi) ko`zni charchatadi. U tez-tez ko`zlari bilan dam olishi lozim. Snayper hissiyotlarga berilishga haqqi yo`q. Jang maydonida jang maydonida to`rt nafar askardan faqat bittasi raqibni to`g`ri nishonga oladi. Qolganlar esa “Shovqinlar effekti”ni hosil qiladi.






