30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy okrug, harbiy qism va muassasalar tomonidan joylarda turli madaniy va ko`ngiochar tadbirlar o`tkazilmoqda.
Xususan, Toshkent harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi tomonidan poytaxtimizdagi madaniyat va istirohat bog`larida bir qator tadbirlar tashkillashtirildi.
Sharqiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligining tashabbusi bilan Farg`ona viloyatidagi kuch tuzilmalar, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Farg`ona viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiruvchilarni harbiy-texnika mutaxassislari bo`yicha Markaz hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Farg`ona shahar bo`ylab harbiy texnikalarning paradi bo`lib o`tdi.
Shuningdek, Markaziy harbiy okrug hamda Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrug qo`shnlari qo`mondonliklari tomonidan Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida harbiy xizmatchilar ishtirokida sport musobaqalari, marafon va yoshlar bilan uchrashuvlar, harbiy texnikalar paradi, konsert dasturlari hamda turli ko`ngilochar tadbirlar ko`tarinki ruhda o`tkazili.
Shimoli-g`arbiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari esa Nukus shahrida salomatlikni targ`ib etuvchi yugurish aksiyasini tashkil etdi. Aksiyada 30 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchilar hamda qoraqalpog`istonlik o`g`il-qizlar qatnashdi.
Quvonarlisi bu tadbirlarda 10 minglab yoshlar faol ishtirok etib, bayram tantanalarini yuksak saviyada nishonlashmoqda.
Joylarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirokidagi tadbrlar davom etmoqda.
Mudofaa vazirligi Axborot va
ommaviy kommunikasiyalar departamenti






