Poytaxtimizdagi Xalqlar do`stligi san`at saroyining markaziy maydonida O`zbekiston Qurolli Kuchlari orkestrlarining “Musiqa jangovar safda” nomli festivali bo`lib o`tdi.

Festivalda Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestri, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chiqchiq, Farg`ona, Namangan, Samarqand garnizonlari harbiy orkestrlari, shuningdek, Kattaqo`rg`on harbiy orkestri, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari na`munali-ko`rgazmali orkestri, Ichki ishlar vazirligi Alohida na`munali va Qorovul qo`shinlari orkestrlari qatnashdi.

Ta`kidlash kerakki, 10 ta jamoa tarkibida 200 dan ortiq harbiy sozandalar ishtirok etgan festivalada o`zbek va jahon estradasining eng sara namunalari ijro etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






