AsosiyJamiyat

Markaziy harbiy okrugda Kuchishlatar tizimlarning hamkorlikdagi o`quvi o`tkazildi

'Markaziy harbiy okrugda Kuchishlatar tizimlarning hamkorlikdagi o`quvi o`tkazildi'ning rasmi

25-26 iyun kunlari Markaziy harbiy okrugidagi Kuchishlatar tizimlar hamkorligida Jizzax va Samarqand viloyatining tog`li, chegara oldi hududida keng masshtabdagi qo`mondon shtab o`quvi o`tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu hamkorlikdagi amaliy mashg`ulotlarda Mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i general-mayor Pavel Ergashev rahbarlik qildi.

Bir guruh terrorchilar Jizzax viloyatining chegara rayonidan o`tib, Zomin dam olish maskani tomon harakatlandi. DXX Chegara qo`shinlari, harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toifalangan ob`ektlarni qo`riqlash qo`shinlari hamkorligidagi maxsus bo`linmalar tezkorlik bilan shartli dushman joylashgan hududni blokirovka qildi. Yo`llarga blokpost qo`yildi. Noqonuniy qurollangan kimsalarga keskin zarba berilib, asirlar qutqarildi.

Mazkur ko`rgazmali mashg`ulot Bulung`ur tumanidagi chegara rayoni yaqinida ham o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar