AsosiyJamiyat

Fuqarolarga pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi

'Fuqarolarga pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi'ning rasmi

“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to`ldirish qoidalari” to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Pensiya jamg`armasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu o`zgartirish va qo`shimchalar bilan joylarda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko`rsatilishida sansalorlik va boshqa ma`muriy to`siqlarni bartaraf etish xamda ularga qulayliklar yaratishni kuchaytirish maqsadida pensiya va nafaqalar tayinlashda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish bo`yicha quyidagi tartiblar bekor qilindi:

– fuqaroning jamg`arib boriladigan pensiya kitobchasi nusxasi taqdim qilinishi;

– fuqaroning mehnat daftarchasi nusxasini taqdim qilinishi;

– fuqaroning yashash joyi bo`yicha QFY, MFY, OFYlardan ma`lumotnomani taqdim qilinishi;

– vafot etgan fuqaroning o`lim to`g`risidagi guvohnomaning asli.


    Boshqa yangiliklar