AsosiyDunyo

Iqlim o`zgarishlari aholining zaif qatlamlariga tahdid solmoqda (Video)

'Iqlim o`zgarishlari aholining zaif qatlamlariga tahdid solmoqda (Video)'ning rasmi

BMT ning qashshoqlik va inson huquqlari masalalari bo`yicha maxsus ma`ruzachisi iqlim o`zgarishi jarayonlari demokratiya va inson huquqlariga jiddiy xavf solayotganini ma`lum qildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Bu haqda BMT maxsus ma`ruzachisi Filip Olston o`z hisobotida aytib o`tdi. Uning ta`kidlashicha, iqlim o`zgarishi jarayonlari ayniqsa qashshoq mamlakatlardagi aholining eng zaif qatlamlariga tahdid solmoqda. Olimlarning o`n yillar mobaynidagi ogohlantirishlariga qaramasdan ekologik muammolarni hal etishga etarlicha e`tibor qaratilmayapti. Olston o`z ma`ruzasida insoniyat “iqlim aparteidi” ta`siri ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Uning ta`kidlashicha, puldorlar jazirama, ochlik va mojarolardan to`lov evaziga qochish uchun imkoniyati bo`lgan bir paytda, qolganlar bu kabi falokatlardan aziyat chekishga majburdirlar. Hisobot ma`lumotlariga ko`ra, iqlim inqirozi bilan bog`liq xarajatlarning taxminan to`rtdan uch qismi rivojlanayotgan mamlakatlar gardaniga tushmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilarning 10 foiziginaushbu mamlakatlarning 3,5 milliard aholisi zimmasiga to`g`ri kelmoqda. Iqlim o`zgarishiga qarshi o`z vaqtida choralar ko`rilmasligi aholining qashshoq qatlami orasida suv va oziq- ovqat tanqisligiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida beqarorlik va urushlarni keltirib chiqaradi.


Boshqa yangiliklar