Anomal jazirama tufayli Fransiyaning 4 ta departamentida xavfning eng yuqori qizil darajasi e`lon qilindi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Mamlakat janubi-sharqida joylashgan Gar, Ero, Bush-lyu-Ron va Voklyuz departamentlarida termometr ko`rsatkichlari rekord natijalarni qayd etmoqda. Mutaxassislar mamlakatda meteo kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli jazirama qayd etilishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi bu kabi holatdan sog`lom odamlar ham jabrlanishi mumkinligini aytmoqda. Mamlakat shifoxonalari issiqdan aziyat chekkanlar bilan to`lib-toshgan. Intensiv jismoniy zo`riqish natijasida 4 kishining cho`kib, halok bo`lgani aytilmoqda. Mamlakatning yana 76 ta departamentida harorat sabab xavfning yuqori darajasi saqlanib turibdi. Hozirda Afrikadan kirib kelgan issiq havo oqimi Evropaning aksariyat davlatlarini qamrab olgan.






