AsosiyDunyo

Aholining Aris shahri​ga kirishiga ruxsat etildi

'Aholining Aris shahri​ga kirishiga ruxsat etildi'ning rasmi

Qozog`iston janubida sodir bo`lgan portlashdan so`ng hududga xalqning kirishi taqiqlab qo`yilgan edi.

Bugun mahalliy vaqt bilan tongi soat 5:00 da Turkiston viloyati hokimi fuqarolarni Aris shahriga kirishiga ruxsat berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, hammasi bo`lib 78 ta avtobus xamda jamoat transportlari Aris tomon yo`l olgan. Aholini javobgar shaxslar kutib olgan va oziq ovqat, uy-joysiz qolgan fuqarolar masalasi xam o`z echimini topgan.

Ma`lum bo`lishicha, portlash sodir bo`lgan joylardan 5700 dan ziyod snaryad qoldiqlari topilgan.

Avvalroq, Qozog`iston prezidenti jabr ko`rgan xalqqa yordam sifatida Aris hududida uy-joydan ayrilib, ko`chada qolgan fuqarolarning kreditlarini qoplashni hukumatga topshirgan edi.

Mutasaddilar tomonidan Arisdagi portlashlardan so`ng do`kon va savdo rastalarida qoldirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul qilish qat`iyan taqiqlab qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar