AsosiyDunyo

Evropa jaziramadan aziyat chekmoqda (Video)

'Evropa jaziramadan aziyat chekmoqda (Video)'ning rasmi

Global iqlim o`zgarishi jarayonlari ortidan 40 darajali havo harorati Evropa uchun odatiy holga aylanmoqda, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.

Evropada eng yuqori havo harorati 1977 yili 48 darajali ko`rsatkich bilan Gresiyada qayd etilgan. O`tgan yilgi yoz mavsumda Evropa Ittifoqiga a`zo 17 davlat 40 darajan ortiq jaziramadan aziyat chekkan edi. 2018 yilning aprelidan 2019 yilning martiga qadar bo`lgan davr 12 oyli meteokuzatuvlar tarixida Evropadagi eng ilq mavsum sifatida qayd etildi. Bu yilgi mavsumda ham mintaqada maksimal harorat kuzatilishi aytilmoqda. Sayyoramizdagi eng yuqori havo harorati 1913 Kaliforniyaning “O`lim vodiysida” qayd etilgan. O`shanda termometr ko`rsatkichlari salkam 57 darajani ko`rsatgan edi.


Boshqa yangiliklar