Dunyo bozorida oltin narxi rekord darajada qimmatlashib, dollar qiymati esa pasayishdadavom etmoqda, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.
Ayni damda qimmatbaho metall narxi shiddat bilan ko`tarilmoqda. Seshanba kungi savdolar chog`ida oltin narxi so`nggi olti yildagi eng yuqori ko`rsatkich, bir unsiya uchun 1442 dollarga borib etdi. Ekspertlarning ta`kidlashicha, AQSh va Xitoy o`rtasidagi savdo mojarolari hamda Eron va AQSh munosabatlaridagi keskinlikning kuchayayotgani narxning ko`tarilishida asosiy omil bo`lmoqda.
Oltin narxining ko`tarilishi ortidan AQSh Federal rezerv tizimi va boshqa davlatlarning markaziy banklari bazaviy foiz stavkalarini pasaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi. Dollar qadri pasayayotgan, qimmatbaho qog`ozlar qiymati o`ynab turgan bir paytda sarmoyadorlar oltinni o`z qadrini saqlab turadigan boylik sifatida ko`rmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, dollar o`tgan yil avgustga nisbatan eng past ko`rsatkichga tushib ketgan. Bank of America ning ta`kidlashicha, bu oxiri emas, yaqin vaqtlarda Tramp devalvasiya to`g`risida qarorni qabul qiladi.






