AsosiyDunyo

Tramp Eronni yo`q qilib yuborish bilan tahdid qilmoqda (Video)

'Tramp Eronni yo`q qilib yuborish bilan tahdid qilmoqda (Video)                 'ning rasmi

AQSh tomonidan Eron rahbariyatiga yangi sanksiyalarning joriy etilishi davlatlar o`rtasidagi munosabatlarni yanada sovuqlashuviga sabab bo`lmoqda, deb xabar berdi Euronews.com. nashri

Oq uy rahbarining ushbu qaroriga fikr bildirgan Eron prezidenti Hasan Rahoniy “AQSh ma`muriyatining bu kabi xatti-harakatlari uning aqli zaifligini bildiradi”, deya ta`kidladi. Bunga esa o`z navbatida Prezident Donald Tramp keskin munosabat bildirdi. U o`zining Tvitterdagi sahifasida Eronni butunlay yo`q qilib yuborish bilan tahdid qildi. “Eron AQShning biror narsasiga hujumi ulkan va ko`proq kuch bilan qarshi olinadi. Ba`zi jabhalarda ko`proq kuch yo`q qilishni anglatadi”, deb yozgan Tramp. U shuningdek, “Boshqa hech qanday Jon Kerri va Obama bo`lmaydi!”, deb qo`shimcha qilgan. AQSh prezidenti buo`rinda 2015 yilda Eron bilan yadro kelishuvini tuzgan o`zidan avvalgi prezident Barak Obama va sobiq davlat kotibini nazarda tutgan.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Eronni AQSh bosimiga qarshi keskin choralar ko`rishdan ehtiyot bo`lishga da`vat etdi. “2015 yilgi yadro kelishuvi shartlarining Eron tomonidan buzilishi jiddiy xato va AQSh bosimiga qarshi noto`g`ri javob bo`ladi”- deya, ta`kidladi u. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant Britaniya AQSh tomonida turib, Eronga qarshi urushishi ssenariysini tasavvur qila olmasligini bildirdi. U Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Vashington va Tehron o`rtasidagi diplomatik nizoning rivojlanishidan jiddiy tashvishda ekanligini aytdi.


Boshqa yangiliklar