AsosiyJamiyat

Namunali iste`molchi doim e`tiborda

'Namunali iste`molchi doim e`tiborda'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi tumanida yashovchi bir qancha iste`molchilar taqdirlandi.

Byuro direktorining 52-sonli buyrug`iga asosan Qarshi tumani “Dasht” MFY hududida yashovchi 4 nafar fuqarolar energiya resurslari, suv ta`minoti va suv chiqarish sohasida to`lov intizomini mustahkamlashda faol ishtiroki uchun rag`batlantirildi.

Xususan, 07.06.2019 yilda o`tkazilgan tadbir davomida Dasht MFY. fuqarolari B.Ergasheva, B.Bobaniyozov, K.Omonov va N.Avliyakulovalarga Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig`i tomonidan tashakkurnoma e`lon qilinib, qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida so`zga chiqqan yoshi ulug`mahallaning barcha yoshdagilari uchun o`rnak bo`lib kelayotgan nuroniy onaxon, foal na`munali iste`molchi Ergasheva Bashoratxon ona so`zga chiqib, barcha mahalla fuqarolarini yanada faol bo`lishga, kommunal to`lovlarni to`lashdagi majburiyatlarini sidqidildan bajarib, “Dasht” MFY.ni nafaqat Qarshi tumanidagi, balki butun viloyatdagi eng namunali mahallaga aylantirishda o`z xizmatlarini ayamasliklariga chaqirdi va bu kabi e`tibor ularning mas`uliyatini yanada oshirishini e`tirof etdi.

Shuningdek, tadbir davomida so`zga chiqqan MIB.ning Qarshi tuman bo`limi boshlig`i o`rinbosari A.Bekkulov “Dasht” mahalla aholisiga minnatdorchilik bildirib, bu kabi xayrli tadbirlar davom etishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar