O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Samarqand shahridagi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo`lib o`tdi.
Tadbirda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov, Samarqand viloyati xokimi o`rinbosari Rustam Komilov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, faol yoshlar hamda markaz shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
So`zga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, yurtimizda kichik mutaxassislarni tayyorlashning zamon talablarga javob beradigan samarali tizimi yaratilganligi, natijada esa yuksak nazariy va amaliy bilimga ega bo`lgan harbiy xizmatchilar o`z bilimi, malakasi va mahorati bilan Qurolli Kuchlarimiz saflaridan munosib o`rin egallayotganini alohida ta`kidlab o`tdi.
Shundan so`ng, bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikat va ko`krak nishonlari topshirildi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarning qo`l jangi bo`yicha ko`rgazmali chiqishlari namoyish qilindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti





