AsosiyJamiyat

Adliya xodimlari aholiga huquqiy yordam aksiyasini o`tkazmoqda

'Adliya xodimlari aholiga huquqiy yordam aksiyasini o`tkazmoqda'ning rasmi

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo`ylab adliya organlari tomonidan ommaviy street-law loyihasi o`tkazilmoqda. Aksiya davomida adliya xodimlari hududlardagi oliy ta`lim muassasalarining huquq faniga ixtisoslashgan fakultetlari, yuridik kollejlar talabalaridan iborat ko`ngillilar bilan birgalikda ko`chalarda, xiyobonlarda, mahallalarda va aholi gavjum joylarda fuqarolarga huquqiy targ`ibot ishlarini olib bormoqdalar.

Street-law tadbirlari davomida aholi o`rtasida buzilayotgan yo`l qoidalari, iste`molchi huquqi, jamoat joyida tamaki chekish va spirtli ichimliklar iste`mol qilish taqiqlanganligi kabi masalalar yuzasidan keng targ`ibot ishlari olib borilmoqda va tarqatma materiallar ulashilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy-huquqiy so`rov anketalari ham tarqatilmoqda.

Tadbirdan maqsad fuqarolarning kundalik turmush sharoitida, uyda, ko`chada, turli muassasalarda , bir so`z bilan aytganda kundalik turmushda o`z huquqidan foydalanishlariga yordam berish, har bir ijtimoiy-iqtisodiy va shaxslararo munosabatlarning qonunga muvoofiq amalgaoshirilishini ta`minlashdan iborat.

Ushbu tadbir fuqarolarga foydali bo`lishi bilan bir qatorda unda ishtirok etayotgan talaba yoshlar uchun ham o`ziga xos amaliyot va mahorat maktabi vazifasini o`tamoqda. Zero bo`lajak huquqshunoslar faqat nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmay, amaliyotda real insonlarning real muammolari bilan ishlash ko`nikmalarini o`zlarida shakllantirmoqdalar.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

    Boshqa yangiliklar