2019 yil 1 iyulga qadar “Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha elektron ariza yuborish” va “Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish” davlat xizmatlarini ko`rsatish vaqtincha to`xtatiladi.
Bu haqida Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
So`ngi kunlarda Davlat xizmatlari agentligiga maktabgacha ta`lim muassasalari tizimidagi navbatlar pozisiyalari o`zgarishi bilan bog`liq bir nechta murojaatlar kelib tushdi.
Maktabgacha ta`lim vazirligining rasmiy murojaatiga binoan, maktabgacha ta`lim boshqarish tizimini takomillashtirish uchun imtiyozi bor bolalarni elektron navbatga qo`yishda maxsus hisobga qo`yish va monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda.
Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni ko`rsatishda inson omilini butunlay yo`q qilish va to`liq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.
Shu bois, 2019 yil 1 iyulga qadar elektron navbat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan qayta tiklanadi.






