AsosiyJamiyat

Buxoro viloyati davlat ehtiyojlariga don sotish shartnomoviy rejasini bajardi

'Buxoro viloyati davlat ehtiyojlariga don sotish shartnomoviy  rejasini bajardi'ning rasmi

Viloyatning davlat ehtiyojlariga don sotish shartnomoviy rejasi 164,2 ming tonnani tashkil etib, amalda 104 foizdan oshirib bajarildi.Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, G`ijduvon, Qorovulbozor, Romita, Kogon tumanlari 105-109 foizga, Buxoro, Vobkent, Jondor, Qorakul, Olot, Peshku tumanlari 101-104 foizdan reja ortig`i bilan bajarildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
30 sentyabrdagi “2019 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don etishtirishning prognoz hajmlari to`g`risida”gi qarorini ijrosini ta`minlash maqsadida hududdajoriy yil hosili uchun 61,6 ming gektar maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlari amalga oshirilgan.

Kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar o`z vaqtida amalga oshirilganligi, “zang” kasalligiga, zararkunandalarva begona o`tlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar tizimli ravishda o`tkazildi.

Mavsumda olib borilgan bu kabi sa`y-hararkatlarni sifatli amalga oshrishda omilkor dehqon va fermerlarning ko`rsatgan jonbozligi muhim ahamiyat kasb etdi.

Joriy yilda Buxoro viloyati yalpi don ishlab chiqarish 345,5 ming tonna yoki har gektaridan 56,1 sentnerdan don ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Viloyatda doni yig`ishtirib olinmagan g`allazorlarda o`rim-yig`im qizg`in davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar