AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyati don sotish rejasini ortig`i bilan bajardi

'Sirdaryo viloyati don sotish rejasini ortig`i bilan bajardi'ning rasmi

Viloyatning davlatga don sotish rejasi 191 ming tonnani tashkil etib, amalda 100 foizdan oshirib bajarildi. Xususan, Sardoba tumani 114 foiz, Xovos tumani 113 foizga va Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin tumanlarida esa 100-104 foizdan rejani ortig`i bilan bajarildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 sentyabrdagi “2019 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don etishtirishning prognoz hajmlari to`g`risida”gi qarorini ijrosini ta`minlash maqsadida hududda joriy yil hosili uchun 85 ming gektar maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlari ekildi.

Kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar o`z vaqtida amalga oshirilganligi, “zang” kasalligiga, zararkunandalar va begona o`tlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar tizimli ravishda o`tkazildi.

Mavsumda olib borilgan bu kabi sa`y-hararkatlarni sifatli amalga oshrishda omilkor dehqon va fermerlarning ko`rsatgan jonbozligi muhim ahamiyat kasb etdi.

Joriy yilda Sirdaryo viloyati yalpi don ishlab chiqarish 435 ming tonna yoki har gektaridan 51,1 sentnerdan don ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Viloyatda doni yig`ishtirib olinmagan g`allazorlarda o`rim-yig`im ishlari qizg`in davom ettirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi

Qishloq xo`jaligi vazirligi

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar