AsosiyJamiyat

Qo`qonda ilk harbiy mahalla tashkil etildi

'Qo`qonda ilk harbiy mahalla tashkil etildi'ning rasmi

Yoshu-qari shodumon. Ko`zlarda quvonch, chehralarda mamnunlik aksi. Egnidagi harbiy lisoblari o`ziga yarashgan Vatan himoyachilari va ularning oila a`zolari bir erda jam. Boisi bugun Respublikamizdagi harbiy mahallalar safi yana bittaga ko`paydi.

Farg`ona viloyati Qo`qon shahridagi69-harbiy shaharchada katta tantanaga aylangan ochilish marosimi yaqinlarning shirin diydoriyu samimiy gurunglar bilan yodda qoladigan bo`ldi. Harbiy mahalla bu erda buyuk bobokalonimizga munosib izdoshlar etishsin degan ezgu niyat bilan Amir Temur deb nomlandi.

Ayni paytda Amir Temur nomli mahallada 300 dan ziyod harbiy xizmatchilar oilasi istiqomat qilmoqda. E`tiborlisi, davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 tashabbus ushbu hududda ham amalyotga tatbiq qilinmoqda.

– Tashabbus doirasida harbiy xizmatchilar oila a`zolarining bandligini ta`minlashga ham alohida e`tibor qaratilmoqda, –deydi mahalla raisi Bahodir Berdiev. – Hademay mahallamizda yangi tikuvchilik sexi ish boshlaydi. Maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchalari faoliyatining yo`lga qo`yilishi esa mahallaaholisi uchun yana bir qulaylik bo`ldi.

Hammadan ham bolajonlarning sevinchi ichiga sig`mayapti. Boisi endi ular uyi yaqinidagi san`at, sport va kompyuter savodxonligi bo`yicha to`garaklarda bilimlarini oshirishi mumkin. Ziyo maskani bo`lgan kutubxona esa allaqachon mutolaaga oshno yoshlar bilan gavjum bo`lib ulgurgan.

– Qo`shiq aytish jonu dilim, – deydi Behruzjon Rahmatullaev. – Mahallamizda tashkil etilgan musiqa to`garagiga birinchilardan bo`lib yozildim. Katta bo`lsam ona Vatanimizni ulug`lovchi, insonlarni yaxshilikka chorlovchi qo`shiqlar kuylayman. Yurtim dovrug`ini dunyolarga doston qilaman.

Aslida, respublikamizning barcha hudularida quloch yozayotgan bu kabi islohot odimlari harbiy shaharchalarda ham mana shunday katta orzularga qanot bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar