BMT sayyoramizdagi qochoqlar soni rekord daraja 70 million nafardan ortib ketganini ma`lum qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.
BMT ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yilning oxiriga kelib, dunyodagi qochoqlar soni ikki million 300 ming kishiga ko`payib, 70 million 800 ming nafarga borib etgani ma`lum qildi. Bu ikkinchi Jahon urushi davridan buyon eng yirik ko`rsatkichdir. BMTning qochoqlar ishi bo`yicha oliy komissari ma`lumotiga ko`ra, 26 millionga yaqin kishi boshqa davlatlarga qochib o`tgan.
Qochoqlarning uchdan ikki qismi Suriya, Afg`oniston, Janubiy Sudan, Myanma va Somali davlatlari hissasiga to`g`ri kelmoqda. Urushlar va taqiblar tufayli bu erdagi aholi o`z uy- joylarni tashlab chiqib ketishga majbur bo`lishgan. Eng achinarlisi, qochoqlarning teng yarmini voyaga etmaganlar tashkil etadi. Muhojirlarning eng katta oqimi – 3 million 700 ming kishini Turkiya qabul qilgan.






