Qozog`istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboev qozog`istonlik kelajak avlodlarga murojat sifatida Olmaotadagi Qozoq-Britan universiteti binosi oldidagi parkka «Vaqt qutichasi»ni o`rnatdi.
«Vaqt qutichasi» zamonaviy shaklda yasalib, unda qozoq milliy naqshlari aks etgani va uning petrogliflarga ham o`xshash ekanini payqaysiz.
Mo``jazgina kompozisiyada quyidagi so`zlar ifodalangan:
«Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi N.A. Nazarboevning kelajak avlodlarga bag`ishlangan «Vaqt qutisi»
Qo`yilgan sana – 21.06.2019 y.
Ochiladigan sana – 22.06.2049 y».









