AsosiyDunyo

Hindistondagi jazirama oqibatida insonlar halok bo`ldi

'Hindistondagi jazirama oqibatida insonlar halok bo`ldi'ning rasmi

Hindistonda kuzatilayotgan jazirama issiq tufayli 100 ortiq inson halok bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Mamlakat shimoli- sharqida kuzatilayotgan anomal issiqdan aziyat chekayotganlar soni ortib bormoqda. Bixarda shtati ma`muriyati ma`lumotiga ko`ra, oftob urishi tufayli kasalxonalarga umumiy hisobda 500 dan ortiq kishi olib kelingan. Termometr ko`rsatkichlari bu erda 40 darajadan pastga tushmayapti.

Shifoxonalarning barchasi hozirda to`lib-toshgan. Issiq ob- havo ichimlik suvi etishmovchiligi muammosini ham keltirib chiqarmoqda. O`tgan yili musson mavsumida yog`ingarchilikning kam bo`lgani esa vaziyatni yanada og`irlashtirmoqda. Mamlakatda yuqori havo harorati may oyi o`rtasidan buyon kuzatiladi.

    Boshqa yangiliklar