AsosiyJamiyat

O`zbekiston – AQSh biznes-forumi o`tkazildi

'O`zbekiston – AQSh biznes-forumi o`tkazildi 'ning rasmi

Kuni kecha AQShning 13 ta yirik kompaniyasidan tashkil topgan savdo delegasiyasi va respublikamizlagi tegishli vazirlik va idoralar, davlat korxonalari va boshqa kompaniya vakillari ishtirokida O`zbekiston – AQSh biznes-forumi o`tkazildi.

Delegasiya tarkibidan butun dunyoda tan olingan “General Electric”, “Bechtel”, “Procter & Gamble”, “Miyamoto”, “Bell Helicopter” va “John Deere” kabi kompaniyalar vakillari joy olgan. Ular O`zbekistonda ro`y berayotgan o`zgarishlarni yuqori baholadi.

Forum doirasida «O`zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi M.Karimov boshchiligidagi delegasiya “General Electric”, “John Deere” va “CAT/Zeppelin” kabi kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, investisiyaviy salohiyat, o`zaro savdoni qo`llab-quvvatlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Tomonlar qishloq xo`jaligi texnikalari ishlab chiqarilishini rivojlantirish va yangi bosqichga ko`tarish, zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qo`shma korxonalarni barpo etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish va texnikalar uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish hajmini kengaytirish to`g`risida kelishib oldilar.

Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, AQSh va O`zbekiston o`rtasidagi savdo hajmi 2017 yilda qariyb 150 million dollar, 2018 yilda esa 300 million dollardan ortiqni tashkil etib, ikki baravar oshgan bo`lsa ham, tijoriy va iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun zarur imkoniyatlar mavjud. Ko`plab biznes sektor vakillaridan iborat AQSh savdo delegasiyasining ishiroki O`zbekistondagi savdo va investisiya imkoniyatlari yanada o`sib borayotganidan dalolat bermoqda.

    Boshqa yangiliklar