AQSh Yaqin Sharq mintaqasiga qo`shimcha ravishda ming nafar harbiylarni jo`natishga tayyorgarlik ko`rmoqda, deb xabar berdi Euronews.com.nashri.
Bunga esa Eron tomonidan xavf xatarning ortib borayotgani sabab qilib ko`rsatilmoqda. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Fors ko`rfazida amerika manfaatlariga nisbatan Eron tomonidan ehtimoliy hujumga nisbatan zudlik bilan javob choralarini ko`rish maqsadida ana shunday qaror qabul qilinganini ma`lum qildi. May oyining o`rtalarida mintaqaga bir yarim ming nafar AQSh harbiy kontingenti jo`natilgan edi. Ikki davlat o`rtasidagi munosabatlar 13 may kuni Ummon ko`rfazida neft tankerlariga uyushtirilgan hujum ortidan keskinlashib bormoqda.
Pompeo “Prezident Tramp Eronga nisbatan urush ochish niyatida emasligini, biroq mintaqada Amerika manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko`rishini” ta`kidladi.Bunga javoban Eron prezidnti Hasan Ruhoniy Islom respublikasi biror- bir davlat bilan urush olib borish niyatida emasligini aytib o`tdi. Shuningdek u ayni damda bir guruh tajribasiz siyosatchilar Eronga qarshi ig`vo kompaniyasini olib borayotganini ta`kidladi.






