Bojxona xodimlari tomonidan giyohvandlik o`simliklarini parvarishlayotgan shaxslar fosh etildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga karshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda Boysun tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro S.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, mazkur fuqaroning tomorqasiga ekilgan anor daraxti tagida 20 tup nasha giyohvandlik o`simligi o`stirilayotganligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.R.ning xonadoni ham ko`zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida ushbu shaxsning tomorqasidagigilos daraxti tagida 6 tup nasha giyohvandlik o`simligi parvarishlanayotgani ma`lum bo`ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






