AsosiyDunyo

Gonkongda ommaviy namoyishlar bo`lib o`tmoqda (Video)

'Gonkongda ommaviy namoyishlar bo`lib o`tmoqda (Video)'ning rasmi

Gonkong ma`muriyati rahbari Kerri Lam aholining keng ko`lamli noroziligiga sabab bo`lgan ekstradisiya to`g`risidagi qonunni ko`rib chiqishni noma`lum muddatga qoldirganini ma`lum qildi, Euronews.com.nashri.

South China Morning Post nashri ma`lumotlariga ko`ra ushbu qaror Xitoy markaziy hukumatining Shenchjendagi majlisida qabul qilingan. Gongongdagi ommaviy norozilik namoyishlari o`tgan haftadan buyon davom etmoqda. Namoyishchilar Xitoyga ekstradisiya qilish to`g`risidagi qonunning qabul qilinmasligini talab etishmoqda.

Ushbu qonunga muvofiq jinoyat sodir etishda gumon qilingan odamlar Xitoyning materik qismiga sud qilish uchun jo`natilishi mumkin. Gonkongliklarning aksariyati bu mintaqada qonun ustuvorligiga jiddiy zarba bo`ladi. Gonkong “bir mamlakat- ikki tizim” tamoyili asosida Pekin boshqaruvi ostidadir. Ya`ni mahalliy aholi ko`proq demokratik erkinliklarga ega. Mahalliy aholi Gonkong o`zining mustaqil sud tizimidan mahrum bo`lishidan xavfsiramoqda.


Boshqa yangiliklar