AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti bilan uchrashuv o`tkazdi

'O`zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti bilan uchrashuv o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Dushanbe shahriga etib kelgach, Millat saroyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlari O`zbekiston-Tojikiston do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal sur`at bilan rivojlanib, tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O`zaro siyosiy iroda va birgalikdagi sa`y-harakatlar tufayli strategik sheriklik tamoyillari amalda ro`yobga chiqarilayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, qo`shma kooperasiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari ilgari surilmoqda. Hududlar darajasida faol muloqot yo`lga qo`yilgan.

Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz o`rtasidagi keng ko`lamli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga OHIChK sammiti doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o`tishini tiladi.

    Boshqa yangiliklar