Adliya vazirining buyrug`i bilan Kuldashev Faxrutdin Abdulazizovich O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
F. Kuldashev shu kunga qadar Davlat xizmatlari agentligi Arxitektura va qurilish, kadastr va kommunal xo`jalik sohasida davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish bo`limi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.






