AsosiyJamiyat

Endi abonent 60 kun ichida qarzdorligini yopmasa, telekommunikasiya operatori shartnomani bekor qiladi

'Endi abonent 60 kun ichida qarzdorligini yopmasa, telekommunikasiya operatori shartnomani bekor qiladi'ning rasmi

Umumiy foydalanish telekommunikasiya tarmog`ida telefon aloqasi xizmatlarini ko`rsatish qoidalariga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan (ro`yxat raqami 1323-7, 11.06.2019 y.) o`tkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” ma`lum qildi.

Amaldagi tartibga ko`ra, telefon aloqasi xizmatlarini ko`rsatish uchun foydalanuvchilar telekommunikasiya operatoriga shartnoma tuzish uchun ariza beradi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, telekommunikasiya operatori mazkur arizalar ro`yxatga olingan kundan boshlab 10 kunda qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Ilgari bu muddat 30 kun edi.

Endilikda, agar abonent telefon aloqasidan foydalanish to`xtatib qo`yilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlari bo`yicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikasiya operatori shartnomani bir tomonlama bekor qiladi.

Ilgari mazkur muddat bir oyni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar