O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklarasiyasiz qurol-yaroq va o`q-dorilarni O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o`tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan o`q-dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tishga urinishlar ko`zga tashlanmoqda.
Jumladan, “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, “Beta” laqabli xizmat iti yordamida, fuqaro P.V. boshqaruvida bo`lgan “DAF FT XF 105460” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, uning salonidagi bardachok ichida bojxona nazoratidan yashirilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, qiymati 2 274 000 so`mlik, 2 dona elim quti ichida 4,5 mm kalibrli “Vstrel” nomli pnevmatik o`qlar, 6 dona “GAZ SO2”nomli gaz balonchiklar va 1 bir dona “STALKER” nomli pistoleti borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






