AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Toshkent shahrida ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

2019 yilning 4-7 iyun kunlari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jami 49 nafar fuqaro “ovqatdan toksikoinfeksiya” tashxisi bilan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilgan.


Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan tekshiruvda, ushbu fuqarolar shifoxonaga murojaat qilishidan avval Uchtepa tumani, Lutfiy ko`chasi, Sergeli tumani, Yangi Qo`yliq ko`chasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko`chasi, 21-uyda joylashgan “Oqtepa lavash” (“Grand Azia Plus” MChJ) umumovqatlanish tarmog`ining uchta shoxobchalarida tez tayyorlanuvchi taomlarni (“sendvich”, “lavash” va “pissa”) iste`mol qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 07.06.2019 yilda Toshkent shahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh Prokuratura matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar