AsosiyJamiyat

“Kobalt”ga nimalar berkitilgan edi?

'“Kobalt”ga nimalar berkitilgan edi?'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan maishiy texnika vositalarini noqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Xususan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Marg`ilon shahrida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbirda, “Pakana-Farg`ona-Marg`ilon” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro M.O boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina tezkor kuzatuvga olinib, Marg`ilon shahrida yashovchi fuqaro I.N. xonadoniga kirib borgandan so`ng ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida muqaddam qo`shni mamlakatdan respublikamizga noqonuniy olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, qiymati 31,2 million so`mlik 156 dona go`sht qiymalagichlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar